Shaxmat aql charxi

Shaxmat aql charxi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 yanvardagi PQ-4954-son “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish  hamda  shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori  ijrosini ta’minlash maksadida davlat    va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha sport musobaqasining tuman bosqichi joriy yilning  29-aprel kuni tuman Yoshlar kelajagimiz jamg`armasi binosida tashkil etilib o`tkazildi. Sport musobaqasida tumandagi 6 ta davlat va nodavlat  maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog xodimlari ishtirok etib o`zaro bellashishdi. Musobaqa natijalariga ko`ra "Baqaloqcha- DXSH asosidagi nodavlat  MTT  to`garak rahbari  Bozorov Yorqul, 7-son DMTT tarbiyachisi Bahromova Mehriniso faxrli   1-o`rinni, 1-son DMTT tarbiyachisi Shoyeva Mavjuda  faxrli 2-o`rinni, 20-son DMTT  jismoniy tarbiya  yo`riqchisi Yusupova Nozima  faxrli 3-o`rinni  egallashdi. Musobaqa g`oliblari tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining faxriy yorlig`i bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH