Oilam uchun sovg`a

Oilam uchun sovg`a

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2022-yil 29-apreldagi “15-may- Xalqaro oila kuni munosabati  bilan “Farovon oila sari” g`oyasi ostida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda “Yangi O`zbekistonning ibratli oilasi” ko`rik tanlovini  o`tkazish to`g`risida”gi  majlis bayonining 1-ilovasi       “15-may-Xalqaro oila  kuni munosabati bilan “Farovon oila sari” g`oyasini targ`ib qiluvchi kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning  11-bandida  Maktabgacha  ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o`rtasida  “Oilam uchun  men o`z  qo`lim  bilan tayyorlangan  sovg`am” nomli qo`l mehnati  ishlari   tanlovini o`tkazish va va g`oliblarni taqdirlash  vazifasi  belgilangan.
  Shu munosabat bilan joriy yilning 20 may kuni tumandagi  davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o`rtasida “Oilam uchun  men o`z  qo`lim  bilan tayyorlangan  sovg`am” nomli qo`l mehnati  ishlari   tanlovi o`tkazildi.Tanlovda tumandagi  11 ta  davlat maktbgacha ta`lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o`z qo`llari bilan turli xil ko`rgazmalar  yasab namoyish etishdi. Barcha ishtirokchilar tuman Maktabgacha ta`lim bo`limining  faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH