
Bolalarga bering dunyoni
Nurota tuman Maktabgacha ta`lim bo`limiga qarashli davlat, nodavlat oilaviy, DXSH maktabgacha ta`lim tashkilotlari DMTTda 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Bolalarga bering dunyoni" shiori ostida "Bolaligim poshsholigim" bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Bayram tadbirida barcha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni musiqa sadosi ostida ertak qahramonlari kutib olishdi. Bayramda bolajonlar tomonidan namoyish etilgan raqslar kuylangan qo'shiqlar aytilgan she'rlar bayram shukuhini yanada oshirdi.O'quv yili davomida tuman viloyat Respublika tanlovlarida munosib ishtirok etib faxrli o'rinlarni egallagan bolajonlarga tashkilot tomonidan faxriy yorliqlar hamda estalik sovg'alari topshirildi. bayram tadbirida bolajonlarga xush kayfiyat baxsh etish maqsadida homiylar Ergashev Murod, Qurbonova Sabohat, Tohirov Azizbek, Merganova Shahlo ota-onalar tomonidan turli xil ertak kitoblar, o`yinchoqlar hamda muzqaymoqlar tarqatildi.