Bolalarga ekologik ta’lim berish usullari

Bolalarga ekologik ta’lim berish usullari




Joriy yilning 10-iyun kuni Nurota tuman MTB ga qarashli 7-son DMTTda "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Eko maydonchalarni tashkil etish va yozgi sog'lomashtirish mavsumini tashkillashtirish " mavzusida tuman seminari tashkil etildi. Seminarda tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti metodistlari tarbiyachilari jismoniy tarbiya yo'riqchilari musiqa rahbarlari ishtirok etishdi. Seminarda tarbiyalanuvchilarga ekologik ta'lim tarbiya berishda o'yinlardan foydalanish va sog'lomlashtirish oyligida chiniqtirish va sog'lomlashtirish ishlarining to'g'ri taqsimlanishi yuzasidan  tuman maktabgacha ta'lim bo'limining ta'lim sifatini taminlash va metodik yordam ko'rsatish sho'ba metodisti Hasanova Dilnoza Sadriddinovna tomonidan  tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.Seminarda bolajonlar va pedagoglar  tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko'rinishlari yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH