Yangi O`zbekistonda el aziz,inson aziz

Yangi O`zbekistonda el aziz,inson aziz

Nurota  tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  O`zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 31-yilligi, yangi 2022-2023-o`quv  yili munosabati bilan “Yangi o`zbekistonda el aziz,inson aziz” shiori ostida “Mustaqillik eng ulug`, eng aziz ne`mat”  mavzusida  joriy yilning 5-sentyabr kuni   “Mustaqillik  mashgʻulotlari”  tashkil etilib o`tkazildi.

 Mustaqillik mashg`ulot tarbiyachilar va   bolajonlar  tomonidan madhiya ijrosi bilan boshlandi. Mashg`ulotlar O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi  davrida erishilgan yutuqlar xususida, birinchi prezident xotirlab, o‘quvchilarga bilimlar kuni haqida  videoroliklar   namoyish  etilib, pedagoglar tomonidan tushuncha berildi.Bolajonlarga umumiy tushunchalar berilib, bolajonlar mustaqil yurtimizda shu kungacha bo’lgan o’zgarishlar, qo’lga kiritilgan yutuqlar, davlat ramzlari haqida ma’lumotlar berishib, she’rlar, hikmatli so’zlar aytishdi. Faoliyat davomida yurtimiz haqidagi turli videoroliklar tomosha qilishdi. Ayniqsa, “Boychechak” tayyorlov guruhi bolajonlari syujetli-rolli va dramalashtirish markazida  buyuk ajdodlar siymolariga kirib, Vatanni madh etishdi.  Til va nutq  markazida  rangli suratlar asosida hikoyalar tuzishdi.   Qurish yasash markazida  yurtimizning baland-baland uylarini qurishdi. San’at markazida esa o’z tasavvurlari bo’yicha rasmlar chizib, ayrimlari applikasiya usulida qirqib yopishtirishdi.  Faoliyat so’nggida  tarbiyachi  bolajonlarga kelajakda  albatta, biz ham yurtimiz ravnaqiga o’z hissamizni qo’shishimiz uchun hozirdanoq yaxshi bilib olish kerakligini uqtirib, bolajonlarni rag’batlantirildi.  

Boshqa yangiliklar

YOPISH