Sifatli ta’lim – inson kapitali rivoji

Sifatli ta’lim – inson kapitali rivoji


“Sifatli ta’lim – inson kapitali rivoji” shiori ostida  Nurota tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar o‘rtasida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2022” kasbiy  ko‘rik- tanlovining tuman bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Ilm-ma’rifat va mahorat namoyishi natijalariga bag‘ishlangan ushbu tadbirda tuman  hokimi o`rinbosari  SH.Vafoyev   tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritar ekan, bu kabi tanlovlar sohadagi sifat tamoyilini yanada yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.Yakuniy natijalarga ko‘ra,  “Eng yaxshi metodist tarbiyachi” naminasiyasi bo`yicha  4-son DMTT tarbiyachisi Sh.Rasulov, “Eng yaxshi kreativ tarbiyachi” naminasiyasi bo`yicha  2-son DMTT tarbiyachisi  Hotamova G, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”,  naminasiyasi bo`yicha  1-son DMTT tarbiyachisi  F. Eshimova,  “Eng yaxshi loyiha mullifi”naminasiyasi bo`yicha  3-sonli DMTT tarbiyachisi D.Safarova “Mohir qo‘l ustasi”  naminasiyasi bo`yicha  4-son DMTT  tarbiyachisi D. Mamaraximovalar   g`oliblikni qo`lga kiritib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Ko`rik tanlov g`oliblar tuman maktabgacha ta`lim bo`limining faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar

YOPISH