"Eng yaxshi  kitobxon direktor"

"Eng yaxshi kitobxon direktor"

Nurota tuman Axborot-kutubxona markazining o'quv zalida tuman Makrabgacha ta'lim tashkiloti  bo'limi hamda tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi hamkorlikda tumandagi Davlat Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari o'rtasida "Eng yaxshi  kitobxon direktor" intellektual o'yini  bo'lib o'tdi. O'yinda Cho'lponning "Kecha va kunduz" asari yuzasidan tuzilgan savollar muhokama qilindi. 15 nafar DMTT direktorlari har birlari bir jamoa bo'lib, tashkilotlarini himoya qilishdi. Roman yuzasidan tuzilgan qiziqarli savollarga zukko, harakatchan rahbarlar atroflicha javob qaytarishdi. Hakamlar hay'ati baholangunga qadar topqir direktorlar bilan turli sohaga oid tuzilgan "mantiqiy savollar" yuzasidan savol-javob o'tkazib, bilimdon rahbarlar bilimi sinaldi. Hakamlar xulоsasiga ko'ra, qizg'in, bahs-munozaraga boy tarzda o'tdan intellektual tanlovda  faxrli 1-o'rinni  6-DMTT direktori M.Ro'ziyeva, 2-chi o'rin 1-DMTT ditektori F.Toshpo'latova va 3-o'rinni esa 9-ДMTT direktori Tillayevalar qo'lga kiritishdi. .

Boshqa yangiliklar

YOPISH