"Eng yaxshi oshpaz"

"Eng yaxshi oshpaz"

Nurota tumandagi davlat nodvlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari  oshpazlari o‘rtasida o‘tkazilgan  "Eng yaxshi oshpaz" ko‘rik tanlovining tuman boskichi joriy yilning 11-oktyabr kuni  bo‘lib o‘tdi. Bu ko‘rik  tanlovning tuman boskichida tumandagi 12ta davlat nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari  oshpazlari ishtirok etishdi. Tanloni o‘tkazishdan maksad  maktabgacha ta’lim tashkilotlari  oshpazlarining    tarbiyalanuvchilarni to‘g‘ri va soglom ovkatlantirishni keng tadbiq etish, oshpazlar va oshpazlarning  ijodiy izlanishlarini jonlantirish, taomnomalar resepturasi, tayyorlash texnologiyasi, sifatiga  qo‘yiladigan talablar, bezatish va tarkatish qoidalari, sanitariya va gigiyena  talablariga oid  bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish,  oshpazlarning kasbiy maxorati, ma’naviy-axlokiy fazilatlari xamda  ularning tashabbuskorligi  va jamoatchiligi  fikrini  shakllantirish maksadida  o‘tkazilgan mazkur tanlovda  tumandagi "Umidli yoshlar maskani" DXSH asosidagi NMTT oshpazi   Hosilova Roziya Fayzulloyevna  faxrli 1-o‘rinni,  6-son DMTT   Baxriddinova Rayxona  Husniddinovna 2-o‘rinni,  10-son DMTT  oshpazi  Akmalova Zilola Axtamovna 3-o‘rinni  egallashdi.  Tanlov  ishtirokchilari tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi  xamda ta’lim, fan va  xodimlar kasaba uyushmasi  tomonidan  esdalik sovgalar va faxriy yorliklar bilan takdirlandilar.

Boshqa yangiliklar

YOPISH