Eng namunali qishloq tarbiyachisi

Eng namunali qishloq tarbiyachisi

15 oktyabr Xalqaro qishloq ayoli kuni munosabati bilan Nurota tumani Maktabgacha ta’lim bo'limiga qarashli  qishloq maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari o'rtasida Eng namunali tarbiyachi ko'rik tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi. Tuman bosqichida  tumandagi 10 nafar  tarbiyachilari ishtirok etishdi. Ko'rik tanlov 3 ta shart asosida  tashkil etib o'tkazildi. Ko'rik  tanlovda 19-son DMTT  tarbiyachisi Raupova Nafisa 1-o'rinni, 9-son DMTT tarbiyachisi Xidirova E’tibor 2-o'rinni, 17-son DMTT tarbiyachisi Murodova Sayyora 3-o'rinni egallashdi. Tanlov g'oliblari tuman MTBning faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan takdirlanishdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH