"Til millat ko'zgusi"

"Til millat ko'zgusi"

Navoiy viloyati Nurota tumani barcha DMTTda 21-oktyabr "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan "Til millat ko'zgusi" mavzusida "Qaldirg'och" maktabga tayorlov ham ma'naviy -ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi. Tadbirda bolajonlar o'zbek tilining naqadar boyligi va durdona til ekanligini ta'riflab berishdi. Til -davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma'naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Bolajonlar tomonidan  1989 yilning 21 oktyabr kuni vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo'yicha "Davlat tili to'g'risida"gi Qonun qabul qilinganligi, unga ko'ra O'zbek tiliga -Davlat tili maqomi berilganligini chiroyli tarzda bayon etib berishdi. O'zbek tilining naqadar jozibadorligini bolajonlar  aytilgan she'rlari orqali mohirona  ifodalab berishdi. Ayniqsa bolajonlar tomonidan o'zbek tili haqidagi hikmatli so'zlari, turli millat raqslarini ijro etganliklari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH