O`RQ-788 sonli Qonuni to`g`risida

O`RQ-788 sonli Qonuni to`g`risida


           Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman maktabgacha ta’lim bo`limi v.v.b D.Hasanova so`zga chiqib, O`zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi O`RQ-788 sonli Qonunnining mazmun-mohiyati bilan barchani tanishtirib o`tdi.

 O`zbekiston Respublikasining 2022-yil 8-avgustdagi “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi O`RQ-788 sonli Qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 2 martda qabul qilingan bo`lib, Senat tomonidan 2022 yil 28-mayda ma’qullangan.

Mazkur Qonuning kuchga kirishi muddati 2022-yil 8-noyabr kuni deb belgilandi. Qonun 10 ta bob va 64-moddadan iborat, qonunning maqsadi–davlat fuqarolik hizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonun bilan quyidagilar:

vazirliklarning, davlat qo‘mitalarining va boshqa davlat boshqaruvi organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimiga shaxslarni tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarining moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlari ishlab chiqilishini o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydi hamda ularni tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).

Maxsus vakolatli davlat organi:

davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

davlat organlarining kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtiradi;

davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarining monitoringi hamda tahlilini amalga oshiradi, shuningdek mazkur sohani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

davlat organlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etadi;

davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning (eng muhim ko‘rsatkichlariga oid) o‘lchanadigan indikatorlar tizimini joriy etadi va ularning natijalarini tahlil qiladi, jamoatchilik fikrini o‘rganadi hamda davlat organlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirishda ishtirok etadi;

kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtiradi;

davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi va ularni izchil takomillashtirib boradi, davlat fuqarolik xizmatchilarining shaxsiga doir ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi;

davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi;

davlat fuqarolik xizmati sohasida chet davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi, mazkur sohada O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzishda ishtirok etadi.

Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Yig`ilishda MTB ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'yicha mutaxassisi G.Yandasheva so`zga chiqib, kun tartibiga qo`yilgan malala yuzasidan o'z fikr mulohazalarini bildirdi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH