Bolajonlarga tuhfa

Bolajonlarga tuhfa

Nurota tumani «Gʻ. Gʻulom» MFYda joylashgan 13-sonli DMTT rekonstruksiya qilinib foydalanishga topshirildi.

Marosimda tuman hokimi A.Fayziyev, Navoiy viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O‘.Tillayev, tuman sektor rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda tuman hokimi hamda viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i so‘zga chiqib barcha tumandoshlarni ushbu maskanning ochilishi munosabati bilan samimiy qutladi.

Shundan so‘ng, ramziy lenta kesilib, ushbu muasasada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti "Ashraf" X/K tomonidan qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Mazkur muassasa 3 qavatdan iborat bo‘lib, 150 o‘ringa mo‘ljallangan va unda bolajonlarimiz uchun keng va shinam xonalar, zamonaviy mebel jihozlari hamda o‘quv-uslubiy ko‘rgazmali qurollar bilan to‘liq ta’minlangan.

✅Ma’lumot o‘rnida tumanda jami 83 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, shundan 19 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 6 ta davlat xususiy sherikchilik asosdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 58 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Boshqa yangiliklar

YOPISH