Eng namunali DMTT hamshirasi

Eng namunali DMTT hamshirasi

Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasining 2022-yil 24-oktabrdagi “Navoiy viloyati maktabgacha ta’lim tizimidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hamshiralari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi ko‘rik-tanlovini o‘tkazish haqida”gi 01-03/3-698-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, Nurota tuman MTB tasarrufidagi DMTT hamshiralari o‘rtasida “Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshirasi ko‘rik-tanlovini tuman bosqichi 6-sonli  DMTT da bo‘lib o‘tdi. Tanlovda  faxrli 1-o‘rinni 2-sonli DMTT hamshirasi  F.Ochilova, 2-o‘rinni               6-sonli DMTT hamshirasi I.Navro'zova va 3-sonli DMTT hamshirasi  S.Begiyeva               3-o‘rinni  qo‘lga kiritdi. Ko‘rik tanlovda o‘rin olgan hamshiralar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tanlovda ishtirok etgan barcha hamshiralarga tuman MTB ning faxriy yorlog'i   va sovg‘alar berildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH