Nurota tuman maktabgacha ta`lim bo`limi va bo`lim tasarrufidagi 6,8,19-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari va tarbiyalanuvchilar 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan nogironligi bo’lgan G`,G`ulom MFYda yashovchi Nuriddinova Kamola, “Nurfaxr”MFYda yashovchi Usmonov Sarvar, Mirishkor MFYda yashovchi Ismatov Shukurbek, Saidjon Eshon qishlog`i Amir Temur MFYda yashovchi Qaroyeva E`zozalarga bo`lim va DMTT xodimlari tashkilot tomonidan bayram munosabati bilan uylariga borib holidan xabar olishdi hamda sovg’alar taqdim etishdi. DMTT tariyalanuvchilari tomonidan ularga she’rlar, qo’shiqlar aytib berishdi va o’yinchoqlar va ertak kitoblar sovg’a qilishdi.
Bugungi kunga kelib dunyo aholisining 1 milliarddan ortig‘ida, ya’ni yetti kishidan kamida bittasida muayan bir turdagi nogironlik mavjud. Shularning 100 milliondan ortig‘ini bolalar tashkil etadi. Demak, safimizdagi imkoniyati cheklanganlarni har tomonlama safimizda mavjudligini ta’minlash uchun ularning teng huquqliligini ta’minlash, qadr-qimmatini himoya qilish darkor.