Navoiy viloyati “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Mental arifmetika Respublika ochiq olimpiadasida 18-dekabr olimpiada nizomiga asosan maktabgacha yoshdagi bolalar o’rtasida viloyatlararo mental arifmetika musoboqasi o’tkazildi. Navoiy viloyati Nurota tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 10-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Murodova Maftuna tayyorlov “Bilimdon” guruhi tarbiyalanuvchisi Toshqulov Muhammadali Navoiy viloyatida o’tkazilgan Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Mental arifmetika Respublika ochiq olimpiadasida 150 nafar qatnashuvchi ichidan faxrli 2-o’rinni 4-DMTT Nastarin guruhi tarbiyalanuvchisi Shuhratov Xumoyun tanlovida faxrli 1-o'rinni egalladi va diplom, medal hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
