Ilm yo`li dasturi amalda

Ilm yo`li dasturi amalda

Nurota tuman 16-son DMTTda 2022-yil 20- dekabr kuni 12-son umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil etilgan 1-yillik majburiy ta’lim guruhida tuman seminari bo’lib o’tdi.Guruh bayramona bezatilgan, faoliyat va markazlarga mos ko’rgazmalar tayyorlangan.Seminarga tuman MTB xodimi M. Muhiddinov DMTT direktorlari metadislar tarbiyachilar va 16-son DMTT xodimlari ishtirok etishdi. 

   Seminarni 16-son DMTT direktori M. Alibekova ochib berib barchani yangi yil bayrami bilan tabiriklab viloyat seminarida ishtirok etib qaytishgan  tarbiyachi D. Ochilovani shu asosida bugungi tuman seminar ochiq faoliyatni tashkil etganini aytib o’tdi 

      Tuman MTB xodimi M. Muxiddinovga so’z berildi. M Muxiddinov barchani bayram bilan tabirklab bugungi seminar bugungi zamon talabi  ta’lim sifati ekanligi xodimlar ko’proq o’z ustida ishlashlari lozimligini mana shunday seminarlar ko’proq tashkil etilishni aytib o’tdi.

       Seminarda tarbiyachi D. Ochilova ochiq faoliyat boshlab tarbiyalanuvchilardan O’zbekistonimiz,Vatanimiz, Prezidentimizni,viloyatimiz va tumanimiz haqida fikrlashib she’rlar va maqollar aytib o’tdi. 

  Tarbiyachi oy mavzusi hafta mavzusi bilan davom ettirib fasllar,oylar hafta kunlarini tarbiyalanuvchilarga eslatib o’tdi. Harakatli o’yinlar bilan ko’rsatib berishdi. Faoliyat nomini aytib mavzu yuzasidan “aqliy hujum metodidan foydalanib savol javoblar bilan olib bordi. Tarbiyalanuvchilar sportga bo’lgan qiziqishi va qaysi sport turiga qatnashayotganliklari haqida fikrlashdi. “Kim chaqqon” o’yinini bolalar bilan o’ynab faoliyatni davom ettirdi. 

    Musiqa rahbari bilan birgalikda harakatli o’yin musiqiy tarzda tashkil etilgan bo’lib hammani xushnud etdi va bolalar tarbiyachi tomonidan markazlarga yo’nanaltirildi.5ta markazda faoliyat olib bordi faoliyatda bolalar faol ishtirok etishdi. Bolalarning sport turlari bo’yicha chiqishlari maqtovga sazovar bo’ldi .Faoliyat yakunida  tarbiyachi D.Ochilova tarbiyalanuvchilarni rag’batlantirdi. Ochiq faoliyatga tuman DMTT metadislari tarbiyachilari o’z fikrlarni bildirishdi. 6-DMTT direktori M.Ro’ziyeva tarbiyachining qilgan mehnati bolalarning ishtiroki ayniqsa yengil atletika bo’yicha qizoloqning chiqishni maqtovga sazovarligini aytdi. 

  Seminar yakunida M. Muxiddinov o’z fikr mulohazalarni bildirdi . Bunday seminarlar ko’plab tashkil etilsa tarbiyachilar bir biridan tajriba olsa maqsadga muvofiq bo’lishini aytib barchaga ishlarida muvaffaqiyot tiladi.  

Boshqa yangiliklar

YOPISH