Sohibqiron Amir Temur

Sohibqiron Amir Temur

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi barcha DMTT larda Buyuk  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligiga bag'ishlab   "Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy merosi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tdi Tadbirlarda bolajonlar tomonidan Buyuk Sohibqiron hayoti  va uning harbiy yurishlari hamda harbiy merosi haqida ma'lumotlar mohirona tarzda yoritildi. Sohibqiron hayotidan ijro etilgan sahnaviy ko'rinish bolajonlar tomonidan ajoyib talqin qilindi. Qizaloqlarning ajoyib raqslari tadbir ishtirokchilarida katta tassurot qoldirdi.“Temur tuzuklari” asari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Bolajonlar buyuk sarkardaning hikmatli so‘zlaridan namunalar aytishdi. Tarbiyachi  tomonidan Amir Temur haqida ma’lumot berildi. Tumanidagi 1-davlat MTTda 9-aprel – Amur Temur tavvaludining 687 yilligi munosabati bilan “Buyuklar avlodi” mavzusida shaxmat  ko'rik-tanlov tashkil etildi. Musobaqada tayyorlov guruhlarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari o‘zaro bellashdi.  Barcha ishtirokchilar tashkilotning faxriy yorliq va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH