AN’ANAVIY AVGUST ANJUMANI

AN’ANAVIY AVGUST ANJUMANI

2018 yil 30 avgust kuni Nurota  tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari uchun 2018-2019 o‘quv yili uchun “2018 - 2019 o‘quv yilida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik afzalliklari - ommaboplik va sifat” mavzusida an’anaviy avgust kengashi o‘tkazildi. Avgust anjumanida tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari, metodist, psixolog, musiqa tarbiyachilari, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari  jami  68 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.
Avgust anjumanida viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi  metodik xizmatni muvofiqlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni  joriy etish sho‘’basi metodisti A.Yalg‘ashev  ishtirok etdi. Avgust anjumanida tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri S.Radjabova 2017-2018 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilinib, 2018-2019 o‘quv yilidagi asosiy vazifalar belgilab olindi.
Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi  metodik xizmatni muvofiqlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni  joriy etish sho‘’basi  metodisti A.Yalg‘ashev maktabgacha ta’lim muassasalarida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 24 martdagi 244-sonli qarori,  Open Emis dasturi, maktabgacha ta’lim muassasalarida veb-saytlar yaratilishi ularning afzalliklari to‘g‘risida tushuncha berildi.Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi davlat talablarining bajarilishi monitoringi bo‘yicha  metodisti D.Hasanova Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 15 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i, maktabgacha ta’lim muassasalarining  “Ilk qadam” o‘quv dasturining mazmun mohiyati bilan tanishtirib o‘tdi. Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglarining ta’lim-tarbiya jarayonini  tashkil etishda  o‘quv dasturini amaliyotda qo‘llash usullari  haqida tushuntirib o‘tdi.
Avgust anjumanida pedagog xodimlari maktabgacha ta’lim muassasalari “Ilk qadam” dasturini  ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etishda  trening shaklda  ish rejalar tuzib, tahlil qilinib, fikr mulohazalar almashinildi.

Boshqa yangiliklar

YOPISH